PHP tilida superglobal deb ataluvchi o‘zgaruvchilar ham ishlatiladi. Ular maxsus shakllantirilgan o‘zgaruvchilar bo‘lib, ixtiyoriy sahnada va ixtiyoriy joyda ularga global ravishda murojaat qilish mumkin.
GLOBALS – assotsiativ massiv bo‘lib, u konteksga mos va sahnaning ixtiyoriy sohasida hozirda aniqlangan barcha o‘zgaruvchilarni o‘z ichiga oladi.
SERVER – ushbu massiv, xizmatchi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, ular sarlavhalar, sahnaga berish va joylashish yo‘li bo‘lib, ular veb server tomonidan yaratiladi. Klient (mijoz) so‘rоvi veb-server tоmоnidаn tахlil qilinib, PHP server mаshinаgа uzаtilgаndаn so‘ng u so‘rоvgа tegishli mа’lumоtlаrni o‘z ichigа оlgаn vа bаjаrish dаvоmidа murоjааt qilish mumkin bo‘lgаn bir nechа o‘zgаruvchilаrni yarаtаdi.
GET – o‘zgaruvchilarning assotsiativ massivi bo‘lib, ular URL – parametrlar yordamida sahnaga beriluvchilardan iborat.
|
Familiyani kiriting: Ismini kiriting: |
So‘rоv sаtri $QUERY_STRING o‘zgаruvchidа sаqlаnаdi vа so‘rаlgаn URL dаgi "?" simvоldаn keyingi axborotdan ibоrаt. PHP da so‘rоv sаtri & simvоllаri bo‘yichа аlоhidа elementlаrgа аjrаtilаdi, vа har bir elementdа "=" belgisini qidirаdi. Аgаr "=" belgisi tоpilgаn bo‘lsа, tenglik chаp tоmоnidаgi simvоllаrdаn ibоrаt o‘zgаruvchini yarаtаdi. Quyidаgi fоrmаni ko‘rаmiz:
POST – o‘zgaruvchilarning assotsiativ massivi bo‘lib, ular sahnaga HTTP protocol orqali post metodi bilan uzatiladi.
|
Familiyani kiriting: Ismini kiriting: |
o‘zgаruvchilаrning guruhi yarаtilib, interpretаtsiya qilinаdi vа $HTTP_POST_VARS mаssivgа jоylаshtirilаdi.
FILES – elementlarning assostiativ massivi bo‘lib, ular sahnaga HTTP protocol orqali POST metodi bilan yuklanadi.
COOKIE – o‘zgaruvchilarning assotsiativ massivi bo‘lib, ular foydalanuvchi kompyuteriga cookie fayllardan HTTP protokoli orqali sahnaga beriladi.
SESSION – bu assotsiativ massiv bo‘lib, u foydalanuvchi foydalanayotgan vaqtda (vaqt sessiyasida) veb saytdagi har bir sahnaga murojaat qilish imkoniyatini beradi.
REQUEST – assotsiativ massiv bo‘lib, ular ushbu tipdagi o‘zgaruvchining GET va POST larini so‘zsiz o‘zida saqlaydi.
1.5. MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
Masala 1. PHP da o‘zingizning “Familiya va Ismingizni” get va post metodi yordamida chiqaring.
Masala 2. PHP da o‘zingizning “Familiya va Ismingizni” get va post metodi yordamida qalin ko‘rinishda chiqaring.
Masala 3. PHP da o‘zingizning “Familiya va Ismingizni” get va post metodi yordamida kursiv ko‘rinishda chiqaring.
Masala 4. PHP da o‘zingizning “Familiya va Ismingizni” get va post metodi yordamida tagiga chizish orqali chiqaring.
Masala 5. PHP da ushbu gapni “Men PHP dasturlash tilini o‘rganmoqchiman” post metodi yordamida chiqaring.
Masala 6. PHP da ushbu gapni “Men PHP dasturlash tilini o‘rganmoqchiman” post metodi yordamida qalin ko‘rinishda chiqaring.
Masala 7. PHP da ushbu gapni “Men PHP dasturlash tilini o‘rganmoqchiman” post metodi yordamida kursiv ko‘rinishda chiqaring.
Masala 8. PHP da ushbu gapni “Men PHP dasturlash tilini o‘rganmoqchiman” post metodi yordamida tagiga chizish orqali chiqaring.
Masala 9. PHP da “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat!” matnini get va post metodi yordamida chiqaring.
Masala 10. PHP da “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat!” matnini post metodi yordamida kursiv ko‘rinishda chiqaring.
Masala 11. PHP da “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat!” matnini post metodi yordamida tagiga chizish orqali chiqaring.
Masala 12. PHP da “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat!” matnini post metodi yordamida qalin ko‘rinishda chiqaring.
Masala 13. PHP da O‘zbekinton Respublikasi madhiyasining birinchi to‘rtligini post metodi yordamida chiqaring.
Masala 14. PHP da Respublikamiz madhiyasining ikkinchi to‘rtligini post metodi yordamida chiqaring.
Masala 15. PHP da Respublikamiz madhiyasining uchinchi to‘rtligini post metodi yordamida chiqaring.
Masala 16. PHP da ax+b=0 ifodani kiriting va post metodi yordamida chiqaring.
Masala 17. PHP da ax+b=0 ifodani kiriting va post metodi yordamida kursiv ko‘rinishda chiqaring.
Masala 18. PHP da ax+b=0 ifodani kiriting va post metodi yordamida tagiga chizish orqali chiqaring.
Masala 19. PHP da ax+b=0 ifodani kiriting va post metodi yordamida o‘rtasiga chizish orqali chiqaring.
Masala 20. PHP da ax+bx+c=0 ifodani kiriting post metodi yordamida qalin ko‘rinishda chiqaring.