• Savolingiz bormi?
  • +998 97 534 03 20
  • turayev.ruziboy@bk.ru
 C++ dasturlash bir o’lchovli massivlar bilan ishlash. Ular ustida amallar bajarishni o’rganish

C++ dasturlash bir o’lchovli massivlar bilan ishlash. Ular ustida amallar bajarishni o’rganish

C++ / 2022-11-24

Massiv – bu  bir  toifali  , chekli  qiymatlarning  tartiblangan  to`plamidir . Massivlarga  misol  qilib  matematika  kursidan   ma`lum  bo`lgan  vektorlar , matritsalarni  ko`rsatish  mumkin .

       Massivlar  odatda  bir  o`lchovli  va  ko`p  o`lchovli  turlarga  bo`linadi.

       Massiv  bir o`lchamli deyiladi, agar uning  elementiga  bir indeks  orqali  murojat qilish   mumkin bo`lsa.

      C\C++ dasturlash  tillaridagi  massiv  elementlar  indekislari  har  doim  noldan  boshlanadi (birdan emas) . Bizga  char  tipidagi  m nomli  massiv berilgan bo`lsin . Va  u  3 ta elementdan  tashkil topgan bo`lsin.

m[0] à -9 ;

m[1] à 15;

m[2] à 3;

Demak, elementga  murojat  qilish  uchun massiv nomi  va  [] qavslar  ichida  element  indeksi  yoziladi.

Bu  yerda  birinchi  element  qiymati  -9 ,  ikkinchi element – 1 nomerli indeksda -15  qiymati  bor  ekan. Oxirgi  element  indeksi n-1 bo`ladi (n-massiv elementlari soni). [] qavs  ichidagi  indeks  butun  son  yoki  butun  songa  olib  keluvchi  ifoda  bo`lmog`i   lozim. Masalan:

 int  n=6, m=4;

L[n-m]=33;        // L[2]=33;

Cout<<m[2];     // ekranda : 3;

Massiv  elementlariga  murojaat qilish oddiy  o`zgaruvchilarga  murojat  qilishdan  biroz farq  qiladi .  Massiv  elementiga  murojat qilish  indeksi  orqali  bo`ladi.

 

 a[1] = 5;   a  massivning indeksi 1 bo`lgan  elementi  5  qiymat  o`zlashtirilsin.

cin>>a[2];  a  massivning elementi  2 bo`lgan  elementi  kiritilsin;

cout<<a[3];  a  massivning indeksi  3 bo`lgan elementi  ekranga  chiqarilsin;

Bir  o`lchamli  massivlarni  e`lon  quyidagicha  bo`ladi :

 

[elementlar _soni] = { boshlang`ich qiymatlar };

                         1)float a[5],   2) int b[6],  3) boll c[7];

  1)  a elementi  haqiqiy  sondan  iborat  bo`lgan  , 4 ta elementdan 

 

tashkil  topgan massiv. Indekslari  esa  0 dan 3 gacha  bo`lgan  sonlar.

 

                                          Float  a[5]

Massiv

elementlari

  a [0]

   a [1]

   a [2]

   a [3]

   a [4]

qiymati

      4

      11

      -8         

      12

     122

 

2) b elementi  butun  sondan  iborat  bo`lgan  , 6 ta elementdan  tashkil  topgan massiv. Indekslari  esa  0 dan 5 gacha  bo`lgan  sonlar.

 

                                             int  a[6]

Massiv

elementlari

  a [0]

   a [1]

   a [2]

   a [3]

   a [4]

  a [5]

qiymati

      2

      99

      -5         

      28

     112

     54

 

3) c elementlari  mantiqiy qiymatlardan  ( true, false ) iborat  bo`lgan  7 ta elementdan  tashkil  topgan  massiv. Indekslari esa  0 dan 6  gacha  bo`lgan  sonlardir.

 

Massivni  e`lon  qilishda  uning  elementlariga  boshlang`ich qiymat berish  mumkin va  buning bir  necha  usuli  mavjud.

  • O`lchami ko`ratilgan  massivni  to`liq 

int  k[5] = {2, 15 , -9, 45, 3 , 7};

Bu  yerda  5 ta  elementdan  iborat  k  massivi  e`lon  qilingan va  massivning barcha  elementlariga  boshlang`ich  qiymat  berilgan.

  • O`lchami ko`rsatilgan  massivni  to`liqmas  to`liqmas 

int k[5] = {2, 15, -9 };

Bu  yerda  5 ta elementdan  iborat  bo`lgan k massivi  e`lon  qilingan va  dastlabki  3 ta  elementlariga boshlang`ich  qiymat  berilgan.

  • O`lchami ko`rsatilmagan massivni  to`liq 

int k[] = {2, 15 , -9, 45, 3 , 7};

Shuni takidlash  lozimki ,  agar  massiv  o`lchami  ko`rsatilmasa , uni  to`liq initsializatsiyalash shart. Bu  xolda massiv  o`lchami kompilyatsiya jarayonida  massiv  elementlar  soniga  qarab  aniqlanadi. Bu  yerda  massiv o`lchami 5 ga  teng.

  • O`lchami ko`rsatilgan  massivning  barcha elementlariga  boshlang`ich         qiymat 0 

  int k[5] = {0}; 

   Masalan:

1-misol. O`lchami  ko`rsatilgan  massivning  barcha elementlariga  boshlang`ich qiymat 0  berish.

#include

 int main ()

{

        int k[5]={0};   //  massivning  barcha  elementlariga   0  qiymat  berish.

        for (int i=0; i<5; i++ )

      cout<<"k["<<i<<"]="<<k[i]<<endl;

       return 0;

    }

Ekranga   quyidagicha  natija  chiqadi:

 

 

2-misol. O`lchami  ko`rsatilgan  massivni  to`liq  initsializatsiyalash. 

 

#include

 int main ()

{

       int k[5] = { 2, -9, 112, 3, 8 };

     for (int i=4;  i>=0;  i-- )  //  indekslarini  teskari  tartibda  chop  etish.

       cout<<"k["<<i<<"]="<<k[i]<<endl;

      return 0;  }

Ekranga   quyidagicha  natija  chiqadi:

3-misol. n o`lchamli  butun  sonlardan  iborat  massiv  berilgan  . Bu  massivning  toq  elementlarini  indekslarini  o`sib  borish  tartibida  chop  etish  va  toq  elementlar  sonini  hisoblash  dasturi  tuzilsin. 

#include

    int main ()

 {

    int k[100];

    int i,n,s;

    cout<<" sonini kiriting=";

    cin>>n;

    for ( i=1; i<=n; i++)

    cin>>k[i];

    s=0;

    for (i=1; i<=n; i+=2)

    {

        cout<<"k["<<i<<"]="<<k[i]<<endl;      

          s++;

               }

    cout<<"soni"<<" "<<"->"<<" "<<s<<" "<<"ta"<<endl;

    system("pause");

    return 0;

}

Ekranga   quyidagicha  natija  chiqadi:

 


2 izoh

Izoh qoldirish